O‘zbekistonda karantin sabab oilaviy ajralishlar soni ko‘paydimi?

O‘zbekistonda karantin sabab oilaviy ajralishlar soni ko‘paydimi?

— O‘zbekistonda karantin sabab oilaviy ajralishlar soni ko‘paydimi?

Mahalla va oilani qo‘llab-quvatlash vazirining matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva:

Yil boshidan 7 857 ta oilaviy ajralishlar ro‘yxatga olindi. 2020 yilda jami 49 811 ta nikoh va 7 857 ta ajralish qayd etilgan. Ajrashishlarni qayd etilgan nikohga nisbati (koeffisiyenti)  –  15,8%. 2019 yilning mos davriga (8 019 ta) nisbatan 162 taga kamaygan.

Ajrimlar sababi: oilaviy kelishmovchilik (50,5%), farzandsizlik (16,3%), uzoq vaqt birga oila bo‘lib yashamaslik (10%), migrasiya (2,8%), xiyonat (3,4%), boshqa sabablar (17,0%).

Karantin davrida oilaviy kelishmovchiliklar ortib borayapti degan nuqtai nazar noto‘g‘ri. Aksincha, ushbu sinovli kunlar oilalar, mahallalarda noyoblashib qolgan mehr-oqabitni qaytardi, hamjihatlik, o‘zaro daxldorlik hissi ortdi.

Bu yilgi Ramazon esa sinovli kunlarga to‘g‘ri kelgani bilan 2 karra ahamiyati yuqori. Aminmizki – ushbu oyda oilalarimizni turli salbiy holatlar, o‘zaro kelishmovchiliklar tark etib, oilaviy ajrim yoqasida turgan oilalar ham yarashib, oilalarda va mahallalarda hamjihatlik, halovat muhiti qaror topadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!