O‘zbekistonda inflyasiya 8 yil ichidagi eng past darajaga tushdi

O‘zbekistonda inflyasiya 8 yil ichidagi eng past darajaga tushdi

Respublikada 2017 yilda yillik inflyasiya 14,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil fevralda bu ko‘rsatkich 8,3 foizgacha pastladi. Bu haqda Statistika agentligi tayyorlagan iste’mol narxlari indeksida ma’lum qilindi.

Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda fevraldagi oylik inflyasiya 0,3 foizni, yillik inflyasiya 8,35 foizni tashkil etgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining oylik inflyasiyasi 0,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlarniki ham 0,2 foizga, xizmatlarniki 0,7 foizga o‘sgan.

Yillik hisobda oziq-ovqat mahsulotlari 2023 yilning fevral oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 7,4 foizga o‘sgan. Xizmatlar inflyasiyasi tezlashishda davom etib, fevralda yillik 9,1 foizni tashkil etgan. Yanvar oyida bu ko‘rsatkich 8,9 foiz bo‘lgan.O‘zbekistonda inflyasiya 8 yil ichidagi eng past darajaga tushdiSo‘nggi 7 yilda O‘zbekistonda (fevral oyida) kuzatilgan yillik inflyasiya ko‘rsatkichlari:

2017 yilda — 14,4 foiz;

2018 yilda — 14,3 foiz;

2019 yilda — 13,5 foiz;

2020 yilda — 13,5 foiz;

2021 yilda — 11,4 foiz;

2022 yilda — 9,7 foiz;

2023 yilda — 12,2 foiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!