O‘zbekistonda ilgari fanga noma’lum bo‘lgan dinozavr qoldiqlari aniqlandi

O‘zbekistonda ilgari fanga noma’lum bo‘lgan dinozavr qoldiqlari aniqlandi

O‘zbekistonda balandligi ikki qavatli avtobusday keladigan, ilgari fanga noma’lum bo‘lgan dinozavrning qoldiqlari aniqlandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Dinozavrga "Dzharatitanis kingi" nomini berishdi. Uning uzunligi 20 metrga yetadi.

Jaratitanisning yashash joyi Osiyo qit’asining eng g‘arbiy nuqtasidagi qirg‘oq tekisliklari bo‘lganligi qayd etilmoqda. Ushbu turdagi dinozavrlar 100 million yil oldin, sayyoramizning qit’alari yaxlit joylashgan davrda yashagan.

Dinozavr suyaklari Qizilqum cho‘lida, “dinozavrlar qabristoni” deb nomlanadigan joydan topilgan.

"Jaratitanis 145,5 million yil davom etgan bo‘r davrida yashagan. U sayyorada yashagan eng yirik rebbaxizavridlarning oilasiga mansub bo‘lgan”, deyiladi ma’lumotda.

Rebbaxizavridlarning qoldiqlari shu kungacha Janubiy Amerika, Afrika, Shimoliy Amerika va Yevropada topilgan. Biroq Osiyoda ular birinchi bor aniqlanmoqda.

Ularning Markaziy Osiyo hududiga qanday kelib qolgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!