O‘zbekistonda hokimlarning yangi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi

O‘zbekistonda hokimlarning yangi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.

Vazirlikka qo‘shimcha ravishda 70 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investisiyalar va tashqi savdo boshqarmalariga 5 tadan shtat birliklari ajratildi.

Qarorga muvofiq, quyidagi lavozimlar joriy etildi:

Hokim o‘rinbosari — viloyatlar va Toshkent shahar investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i;

Hokim o‘rinbosari — tuman (shahar) investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i.

Qaror bilan ayrim viloyat, shahar, tuman hokimliklaridagi bir qator lavozimlar, jumladan, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklaridagi hokimning investisiyalar, innovasiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi.

Viloyatlarda, tumanlarda (shaharlarda) kichik sanoat zonalarini hamda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish borasidagi vazifalar hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklandi.

Shuningdek, qaror bilan Investisiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!