O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksi 202-1-modda bilan to‘ldiriladi. Unda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

Hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, uni qiynash uning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikni cheklash yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;

b) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikasiya tarmoqlaridan, shuningdek, internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib tarqatgan holda sodir etilgan bo‘lsa;

v) ikki yoki undan ortiq hayvonlarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;

g) voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa;

d) «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!