O‘zbekistonda bugunning o‘zida ikkinchi bor zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda bugunning o‘zida ikkinchi bor zilzila sodir bo‘ldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:32 da O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi.

Zilzila koordinatalari: 40,27 gradus shimoliy kenglik; 70,85 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 3,9 ball. Chuqurlik 50 kilometr. Zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 177 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan.

Er osti silkinishlari kuchi vodiy viloyatlarida sezilgan:

  • Namangan: 107 kilometr, 2 ball;
  • Andijon: 139 kilometr, 2 ball;
  • Farg‘ona: 80 kilometr, 2 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bu 5 avgust kunining o‘zida O‘zbekistonda kuzatilayotgan ikkinchi zilzila hisoblanadi. Toshkent vaqti bilan soat 13:18 da Tojikistonda yuz bergan zilzila respublika viloyatlari hududida ham sezilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!