O‘zbekistonda anomal sovuq yana qancha davom etadi?

O‘zbekistonda anomal sovuq yana qancha davom etadi?

Mamlakatimiz hududida oxirgi 10 kundagi sovuq ob-havoni Sibir hududlaridagi sovuq antisiklon periferiyasi belgilab turibdi. Bunda juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq havoni olib keldi.

"Kun.uz"ning O‘zgidromet prognozlariga tayanib yozishicha, 9–12 yanvar kunlari respublikamizda havo-harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bunda kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzlari esa 5–10 daraja iliqqacha ko‘tarilib boradi.

Bizda hozirgi kunda kuzatilayotgan darajadagi sovuqlar oxirgi 10 yilda qayd etilmagan. Ya’ni hozirgiday davomli, qor parchalari kristallashgan, bulduruqli havo kuzatilmagan. Shuning uchun ham bu anomal sovuq hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!