O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov vafot etdi

Uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 26 mart kuni O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov 86 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Ma’lumot uchun, 1934 yilda tug‘ilgan Oxunjon Hakimov Farg‘ona davlat pedagogika institutini tugatgan. Viloyat va respublika markaziy gazetalarida, «Mehnat va turmush» jurnalida faoliyat ko‘rsatgan. Uning yigirmadan ortiq she’riy to‘plamlari va bir qator qissalari yaratilgan.

Shoirning «Ilhom vodiysi», «Farg‘ona ruboiysi», «Vatan qasidasi», «Lirika», «Dostonlar», «Ko‘zlaringni o‘zi qora», «Qizlar xayol sursalar» kabi she’riy to‘plamlari mashhur.

Oxunjon Hakimov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan. 2006 yilda «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berilgan.

Saytimiz nomidan shoirning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!