O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida tibbiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida tibbiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi

Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida turizm aloqalarini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama sayyohlar almashinuvini oshirish va bu borada mamlakatimizda rivoj topib borayotgan turizmning yangi yo‘nalishlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamdagi hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmini uyg‘unlikda rivojlantirish hamda bunda chet eldan davolanishga kelganlar ulushini karrasiga oshirish ahamiyatlidir. Aholi salomatligini ta’minlash, tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim o‘rin tutadi.

Shu boisdan xalq tabobati rivoj topgan Xitoy davalti bilan hamkolrlikda ishlash va bir qator loyihalarni amalga oshirish hamda mamlakatimizga davolanish maqsadida kelayotganlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Xitoy tajribasidan foydalanish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bugun, 6 iyun kuni Toshkent shahrida Xitoy (Sian) – O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda an’anaviy Xitoy tabobati sohasida hamkorlik bo‘yicha konferensiya tashkil etildi.

Unda Xitoyning Sian shahri markaziy kometiti rahbari o‘rinbosari Vang Jivei, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi rahbari Jamshid Mirrahimov, shuningdek, Turizm qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi hamda qator manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

«O‘zbekistonning tibbiyot turizmini rivojlantirish borasida erishayotgan natijalari bizni hayratlantirmoqda. Mahalliy aholi va xorijlik talabgorlar uchun o‘z sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish borasida ongli tanlov uchun imkoniyatlar yaratishda xalq tabobatining salohiyatidan foydalanish juda muhim. Bu borada an’anaviy Xitoy tabobati sohasida hududiy hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldik. Endilikda ikki tomonlama tajribalar almashishda qator loyihalarni amalga oshiramiz», deb aytib o‘tdi Xitoyning Sian shahri markaziy kometiti rahbari o‘rinbosari Vang Jivei.

Tadbir yakunida Xitoy (Sian) – O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda an’anaviy Xitoy tabobati sohasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.

Ma’lumot uchun, mamlakatimizdagi 86 ta sanatoriy va tibbiy muassasalarda o‘tgan yili 60 mingdan ziyod xorijiy turist davolandi. Bu ko‘rsatkichni joriy yilning yakuniga qadar bir barobarga oshirish maqsad qilingan. Eslatib o‘tamiz, endilikda xususiy klinikalarning xalqaro standart olish, xorijiy ko‘rgazmada qatnashish xarajatlari budjetdan qoplanadi. Klinikalarga kelgan chet elliklar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!