O‘zbekiston va Vengriya turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Vengriya turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Vengriyada Milliy iqtisodiyot vazirligi, Turizm agentligi va «WizzAir»aviakompaniyasi vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi, muzokaralarda hamkorlikning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘plab yo‘nalishlarda o‘zaro munosabatlarning do‘stona xususiyati qayd etildi, bu esa turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun qulay zamin yaratayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar axborot texnologiyalarini joriy etish, turizm sohasida maxsus raqamli dasturlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashdilar hamda Vengriya yirik ommaviy axborot vositalari vakillari, bloggerlar va turoperatorlar uchun O‘zbekiston turizm mahsulotini ilgari surish maqsadida press-tur va info-tur tashkil etish, turizm infratuzilmasini rivojlantirishga Vengriya investisiyalarini jalb etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida kelishib oldilar.Bundan tashqari, mamlakatimizning turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida «WizzAir»xalqaro reyslari va internet saytlarida hamkorlikda reklama kampaniyasini o‘tkazish bo‘yichakelishuvga erishildi.

Tashrif doirasida Turizm qo‘mitasi delegasiyasi Vengriya turizm agentligining 50 dan ortiq vakillari, ikki mamlakatning eng yirik sayyohlik uyushmalari va kompaniyalari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati taqdimotini o‘tkazdi. Taqdimot davomida O‘zbekistonning boy sayyohlik salohiyati, madaniy merosi, tarixi, an’analari va gastronomiyasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!