O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi tashkil etildi

Joriy yil 24 may kuni Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi «INNO» innovasion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi tashkil etildi.

O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi tashkil etildi

«Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida oliy texnik ta’lim istiqbollari» mavzusida o‘tkazilgan anjumanda Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari D.Afanasyev boshchiligida tashrif buyurgan 15 ga yaqin muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegasiya va O‘zbekiston tomonidan 35 ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar mas’ullari qatnashdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Rossiya Federasiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev ochib berdi.

Konferensiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining barqaror rivojlanishiga erishish uchun akademik mobillik va mehnat bozorida eng ko‘p talab qilinadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash sohasida universitetlararo loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish lozimligi qayd etildi. Qo‘shma ilmiy va innovasion tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishni kengaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi.

O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi tashkil etildi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov magistratura, aspirantura va doktoranturada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratish muhimligini ta’kidladi.

– O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar hamkorligida transport, logistika, mashinasozlik, geologiya, metallurgiya, energetika, kimyo, AT texnologiyalari va boshqa muhim yo‘nalishlarda «Ilg‘or muhandislik maktablarini» tashkil etish, «korxona – universitet – ilmiy tashkilot» klaster tizimini va innovasiya markazlarini yaratish lozim, – dedi vazir Q. Sharipov.

Konferensiya «Ilg‘or muhandislik maktablarini yaratish tajribasi», «Texnik ta’limni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari», «Fan va ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollari» mavzularidagi yalpi majlislardan iborat bo‘ldi.

O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi tashkil etildi

Anjuman davomida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida hamkorlikda ilmiy markazlar, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, yangi kafedralar va ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil etish, ilmiy grantlarni amalga oshirish kabi masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Tadbirda sifatli oliy ta’lim olish va inson kapitalini rivojlantirish manfaatlaridan kelib chiqib, Rossiya ta’lim muassasalarining O‘zbekistondagi filiallari salohiyatini yanada oshirishni davom ettirish haqida so‘z yuritilib, N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti bilan keng ko‘lamli hamkorlik boshlangani to‘g‘risida ham so‘z yuritildi.

O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi tashkil etildi

Konferensiya doirasida ilmiy-innovasion soha hamda oliy texnik ta’lim yo‘nalishida o‘zaro aloqalarni kengaytirish ikki davlat muhandislik-texnika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan 40 ga yaqin shartnomalar imzolanish kutilmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi tashkil etildi

Ta’kidlash joizki, «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»da mamlakat oliy ta’lim tizimini sifat jihatidan o‘zgartirish, oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari belgilab berilgan..

Amalga oshirilayotgan izchil maqsadli chora-tadbirlar natijasida nisbatan qisqa vaqt ichida muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi. Xususan, 2016 yilda 72 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining umumiy soni 211 taga yetdi. Ularning 67 tasi nodavlat universitetlari, 29 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallaridir. 29 ta xorijiy filialdan 14 tasi Rossiyaning etakchi oliy o‘quv yurtlarining bo‘linmalaridir.

2023/2024 o‘quv yilida yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga jami qabul qilinishi 2016 yildagi 9 foizga nisbatan 42 foizni tashkil etdi. Oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibi yaxshilandi. Xususan, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati 2016 yilda bu ko‘rsatkich 31 foizdan sezilarli darajada oshib, 41 foizga yetdi.

2023/2024 o‘quv yilida muhandislik-texnika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ulushi 35 foizdan oshdi, 2019 yilda bu ko‘rsatkich atigi 25 foizni tashkil etardi. Shu bilan birga, universitetni tamomlagandan so‘ng ilmiy faoliyatni tanlagan universitet bitiruvchilari ulushi 2019 yilda 15 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 35 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, Rossiya va O‘zbekiston ta’lim makonining izchil uyg‘unlashuvi va integrasiyalashuvi, fuqarolarning intellektual va ijodiy salohiyati rivojlanib borayotganini har ikki mamlakat uchun manfaatlidir. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari, universitetlararo ta’lim va ilmiy loyihalar, pedagog kadrlar malakasini oshirish dasturlari amalga oshirilayotgani, qo‘shma forum va anjumanlarning muntazam o‘tkazib borilayotgani hamkorligimiz faolligi va tizimliligini yaqqol namoyon etmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi tashkil etildi

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi rezolyusiyasi qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!