O‘zbekiston va Ozarbayjon birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Ko‘ksaroy qarorgohida Ozarbayjon Respublikasi prezidentining rafiqasi Mehribon Aliyeva bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlat rahbarlarining muzokaralari doirasida o‘tgan suhbat chog‘ida qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, bunda madaniy-gumanitar aloqalarimiz, an’ana va qadriyatlarimiz mushtarakligi alohida o‘rin tutishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Foto: UzA

So‘ng birinchi xonimlar Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazidagi “Mehrli maktab” gospital turdagi maktabda bo‘ldilar. Muassasa O‘zbekistonda yangi yo‘nalish — gospital pedagogikaning shakllanishi uchun ilmiy va amaliy tayanch hisoblanadi. Bu yerda uzoq muddat davolanayotgan bolalar ta’lim olish va ijod qilish imkoniyatiga ega.

O‘zbekiston va Ozarbayjon birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Foto: UzA

Bugungi kunda respublikamizda bunday muassasalar soni sakkizta. Ko‘plab ezgu loyihalar tashabbuskori Mehribon Aliyeva ana shunday o‘ziga xos vazifani ado etayotgan maktabdagi muhitdan juda ta’sirlandi.

Muloqot davomida O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur ko‘rgazmasiga tashrif buyurildi va milliy liboslar namoyishi bilan tanishildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Foto: UzA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!