O‘zbekiston Rossiyadan bir millionga yaqin sayyohlar kelishini kutmoqda

O‘zbekiston Rossiyadan bir millionga yaqin sayyohlar kelishini kutmoqda

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Rossiyadan bir millionga yaqin sayyoh kelishi kutilmoqda va respublika hukumati ushbu mamlakatdan sayyohlar oqimini ko‘paytirish ustida faol ishlamoqda. Bu haqida Xususan,"RIA Novosti"axborot agentligi tomonidan tarqatilgan maqolada ta’kidlangan.

Qo‘mita marketing bo‘limi boshlig‘i Aziz Mirjalilovning "RIA Novosti" AA muxbiriga aytishicha, Rossiya turizm bozori O‘zbekiston uchun strategik bozor hisoblanadi. "Bizning oldimizga juda katta vazifalar qo‘yilgan. Shulardan biri — joriy yilda Rossiyadan bir millionga yaqin sayyohni jalb etishdir", — deya Aziz Mirjalilov so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.

Qayd etilishicha, joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan respublikaga, jumladan, Rossiyadan xorijiy sayyohlarni jalb etish chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

"Vestnik Kavkaza" nashrida e’lon qilingan ushbu mavzudagi maqolada ta’kidlanishicha, 2023 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 714 ming kishini tashkil qilgan. "Bu undan oldingi yilgi ko‘rsatkichdan 25,8 foizga ko‘p. Rossiya O‘zbekistonga eng ko‘p mehmonlar tashrif buyuradigan 5 ta davlat qatoriga kiradi", — deb yozgan "Vestnik Kavkaza".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!