O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik muhokama etildi

O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik muhokama etildi

Joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramovning Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Dastavval, uchrashuv davomida O‘zbekistonda sportchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘grisida batafsil ma’lumot berildi.

B.Atamkulov O‘zbekiston ommaviy sportni rivojlantirish borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishayotganini va bu Qozog‘iston uchun Ushbu yo‘nalishda ishlashga turtki bo‘layotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Qozog‘iston vakillari tomonidan Davlatimiz rahbari siyosati tufayli O‘zbekistonda eshkak eshish, shaxmat va xokkey, boks va yakkakurash kabi sport turlari jadal rivojlana boshlagani ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegasiyasining IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etishi masalasi alohida muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar sport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma sport tadbirlari va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, ikki davlat jismoniy tarbiya oliy o‘quv yurtlari rahbariyati o‘rtasida bevosita aloqalarni o‘rnatish, sport tadbirlarining kalendar rejalarini almashish va shu kabi boshqa masalalarda kelishib olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!