O‘zbekiston mol go‘shti ko‘p iste’mol qilinadigan mamlakatlar reytingida oltinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston mol go‘shti ko‘p iste’mol qilinadigan mamlakatlar reytingida oltinchi o‘rinni egalladi

BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning har bir fuqarosi yiliga o‘rtacha 31,6 kilogramm mol go‘shti iste’mol qiladi.

Demak, har bir O‘zbekiston fuqarosiga kuniga qariyb 86,5 gramm mol go‘shti to‘g‘ri keladi.

Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston jahon reytingida oltinchi o‘rinni egalladi. Argentina, Zimbabve, AQSH, Avstraliya va Braziliya kabi davlatlar mamlakatdan oldinda joylashgan. Qo‘shni Qozog‘iston yetakchi o‘ntalikni yakunladi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonda 2,8 mln. tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan.

Go‘sht yetishtirish hajmi 2022 yil bilan solishtirilganda 3,9 foizga oshgan. Viloyatlar ichida Samarqand birinchi o‘rinni egallagan – 326 ming tonna.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!