O‘zbekiston futbol bo‘yicha Osiyo kubogini qabul qilmoqchi

O‘zbekiston futbol bo‘yicha Osiyo kubogini qabul qilmoqchi

⚽️ Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Osiyo futbol konfederasiyasi 2027 yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish uchun taklif yuborgan besh a’zo assosiasiya nomini rasman tasdiqladi.

Qit’a birinchiligini qabul qilish uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham davogarlik qilmoqda. 

Shuningdek, Osiyo kubogi bahslarini qabul qilish huquqi uchun Hindiston, Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni ham ariza topshirganligi ma’lum qilindi.

XIX Osiyo kubogining rasmiy mezboni 2021 yilda e’lon qilinishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!