“O‘zbekiston-2030” strategiyasining mustahkam yo‘nalishlari

“O‘zbekiston-2030” strategiyasining mustahkam yo‘nalishlari

Bugungi globallashuv davrida hech bir davlat ayro taraqqiy eta olmaydi. O‘zbekiston dunyo mamlakatlari bilan aloqalarini rivojlantirar ekan, ochiqlik, teng manfaatlilik, bozor munosabatlarini kengaytirish yo‘lidan boradi va yurtimizning kelgusi yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida bir qator yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Bu ayniqsa makro va mikro iqtisodiyotda liberallashuv, mahalliy mahsulotlarimizning jahon savdosida erkin raqobat muhitiga shart-sharoitlar yaratish kabi tashabbuslar shular jumlasidandir. Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarning strategiyada aks etishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Iqtisodiyot va moliya kafedrasi mudiri, Iqtisod fanlar doktori Umidjon Pardayev bilan suhbatda yanada aniqlik kiritib olamiz.

- “O‘zbekiston-2030” strategiyasida qanday maqsad va vazifalar ilgari surilgan? Uni amalga oshirishda qanday rejalar belgilanmoqda?

- 2030 strategiyasida O‘zbekiston o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadlari iqtisodiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham global maqsadlarga uyg‘unlashish hisoblanadi. Undan tashqari O‘zbekistonda yashovchi aholining hayot sifatini va turmush farovonligini oshirish, insonga qaratilgan ham iqtisodiy, ham siyosiy faoliyat ustunligini strategiyada ko‘rishimiz mumkin. Strategiyaning maqsadi o‘zi tom ma’noda aytganda Prezident o‘ziga hisobdorlik institutini joriy qildi. Eng katta mohiyati shundan iborat.

Chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida oldinga qo‘yilgan vazifalarning qanchalik bajarilishi chora-tadbirlarning sifatini baholab beradi. Xususan, 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”ning asosiy maqsadi iqtisodchi olimlarning fikri va tavsiyasiga asosan O‘zbekiston iqtisodiyotiga qo‘shimcha resurs manbaalar kerak bo‘lishi va iqtisodiyotni ochiqlanishi talab qilindi va o‘sha davrlarda davlat juda katta miqdorda tashqi va ichki qarzlar jalb qilindi, iqtisodiyot tarmoqlari harakatga keltirildi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida 2022 yildan boshlab bu strategiyalar o‘zgardi. 2017-2021 yillar davomida iqtisodiyot sektorlariga tikilgan pul mablag‘larining fond qaytimi 2022 yildan keyin samaradorligi tushib boshladi. Oddiyroq misol qilib aytadigan bo‘lsam, masalan bir biznes ochsangiz 100 million so‘m pul tiksangiz 10 million foyda olasiz va agar biznesingiz o‘sha mablag‘ga to‘yingan bo‘lsa, yana 100 million tiksangiz 10 million foyda olmaysiz. Ya’ni, foyda normasi kamayib boradi.

O‘zbekistonda ham iqtisodiy sektorlari moliyaviy manbaalarga to‘yinganligi natijasida endi 2030 strategiyasida davlat boshqaruv organlari iqtisodiy faoliyatni ichki samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik yo‘nalishlar qo‘yildi...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!