“O‘zbekiston-2030” strategiyasi: qayta tiklanuvchi energiya manbalari 2030 yilga qadar 25 ming MVt.ga yetkaziladi

“O‘zbekiston-2030” strategiyasi: qayta tiklanuvchi energiya manbalari 2030 yilga qadar 25 ming MVt.ga yetkaziladi

“O‘zbekiston-2030”strategiyasiga asosan mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari 2030 yilga qadar 25 ming MVt.ga hamda jami iste’moldagi ulushi 40 foizga yetkaziladi, issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan 2010 yildagi darajadan 30 foizga qisqartirish kabi choralar ko‘zda tutilgan. Bu haqda “Taraqqiyotstrategiyasi” markazi Senat, Jahon banki va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, hamdo‘stlik masalalari va xalqaro taraqqiyot bo‘yicha vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” tadqiqotinatijalari: yashil iqtisodiyot va barqarorrivojlanishga o‘tish” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ma’lum qildi.

Tadbirda Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi 6yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan loyiha ekanligi hamda bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning fuqarolar hayotida qanchalik aks etayotganini o‘rganib borayotgan tadqiqot loyihalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi katta iqtisodchisi Ikuko Uochi uchrashuv ishtirokchilarini “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab”tadqiqotining so‘nggi natijalari bilan tanishtirdi.

Qayd etilishicha, har oylik so‘rovnoma 2018 yildan beri o‘tkazilib kelinmoqda hamda hozirda ushbu loyiha Buyuk Britaniya hukumatining moliyaviy ko‘magida amalga oshiriliomoqda. Tadqiqot doirasida aholi farovonligining turli ijtimoiy- iqtisodiy ko‘rsatkichlari baholanadi, shuningdek, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va turli o‘zgarishlar, jumladan COVID-19 pandemiyasi, mehnat migrasiyasi kabilarni aholiga ta’siri yuzasidan jamoatchilik fikri o‘rganib boriladi.

Tadqiqot so‘rovnomasida mamlakat bo‘ylab qishloq va shaharlardagi 1500 ga yaqin uy xo‘jaliklari, 600 dan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlari yetakchilari ishtirok etadi. Tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlardan hukumat tomonidan muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, kambag‘allikni qisqartirish vafuqarolar farovonligini oshirish yo‘lidagi tashabbuslar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.

Ikuko Uochi o‘z taqdimotida 2024 yil yanvar oyida o‘tkazilgan “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” tadqiqoti ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi. Unda aholining joriy iqtisodiy va mehnat bozori sharoitlari, narxlar o‘sishi va inflyasiyaning respondentlar daromadlariga ta’siri, xususan, uy xo‘jaliklarining moliyaviy ahvoli va ularning oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar aholi tomonidan qanday qabul qilinayotganligi tahlili taqdimot qilindi. Shu bilan birga, ma’ruzachi mahalla fuqarolar yig‘inlari rahbarlarining uy xo‘jaliklarining moddiy ahvoli, ishga joylashish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi fikr-mulohazalari haqida ham ma’lumot berdi.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli 2030 yilga borib mamlakatda kamida 8 million kishi iqlimi yuqori xavfdagi hududlarda istiqomat qilishini ta’kidladi. Qayd etilishicha, iqlim o‘zgarishiga moslashish choralarisiz, 2050 yilga kelib milliy iqtisodiyot iqlim o‘zgarishi ta’sirisiz rivojlangandagi holatidan 10 foizga kichikroq bo‘ladi. Bu bandlik va uy xo‘jaliklari daromadining sezilarli darajada qisqarishiga olib keladi.

“Jahon banki iqlim o‘zgarishiga moslashish vamamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha siyosatni ishlab chiqish va aniqchora-tadbirlarni amalga oshirishda hukumatgamoliyaviy va tahliliy yordam ko‘rsatadi. Bu chora-tadbirlar turli sohalarda suv va energiya resurslarini tejash, issiqxona gazlarichiqindilarini kamaytirish va qayta tiklanadiganenergiya ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi“, - dedi Marko Mantovanelli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!