O‘zbekiston 2026 yilda “Kelajak o‘yinlari” musobaqasiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston 2026 yilda “Kelajak o‘yinlari” musobaqasiga mezbonlik qiladi

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Qozon shahrida boshlanayotgan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro musobaqasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentini sportning an’anaviy va virtual turlarini o‘zida mujassam etgan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro musobaqasi o‘tkazilayotgani bilan samimiy qutladi va musobaqada ishtirok etayotgan yoshlarga omad tiladi.

Shuningdek, Prezidentimiz 2026 yilda “Kelajak o‘yinlari” xalqaro musobaqasini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!