«Uzbekistan Airways» Rossiyaga uchuvchi yo‘lovchilarga murojaat qildi

«Uzbekistan Airways» Rossiyaga uchuvchi yo‘lovchilarga murojaat qildi

«Uzbekistan Airways» yo‘lovchilardan Rossiyaga isiriq olib o‘tmaslikni so‘radi.

«Uzbekistan Airways» Rossiyaga uchuvchi yo‘lovchilarga o‘zi bilan isiriq olib o‘tmaslikni so‘rab murojaat qildi.

Qayd etilishicha, Rossiya hukumatining farmoniga ko‘ra, harmala (isiriq) o‘simligi Rossiyada giyohvand moddalarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan. Isiriqni mamlakatga olib kirish bilan bog‘liq barcha harakatlar Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.

«Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sizdan ushbu turdagi o‘simlikni qo‘l yukingizda va bagajda olib o‘tmasligingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!