"Uyimizning hujjatlarini yo‘qotib qo‘ydik, qayta olish uchun nima qilishimiz kerak? "

"Uyimizning hujjatlarini yo‘qotib qo‘ydik, qayta olish uchun nima qilishimiz kerak? "

— Uyimizning hujjatlarini yo‘qotib qo‘ydik, qayta olish uchun nima qilishimiz kerak? (J.T Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani)

Kadastr yig‘majildi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda uning egasining arizasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali arxivida saqlanayotgan kadastr yig‘majildining mulk egasiga tegishli qismlaridan nusxa olinadi. Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig‘majildining har bir varag‘iga tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi rahbari tomonidan asliga to‘g‘ri degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida egasiga topshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!