Uyda davolanish: qay tartibda, kimlarga mumkin, kimlarga mumkin emas?

Uyda davolanish: qay tartibda, kimlarga mumkin, kimlarga mumkin emas?

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda mavzu yuzasidan ma’lumot berdi:

— Rivojlangan davlatlarda kasallik simptomsiz yoki yengil shaklda o‘tayotgan bemorlar uyda davolanyapti. Hozir bizda ham buning uchun barcha sharoitlar bor. Shuning uchun agar bemor tahlilida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, lekin uning simptomlari yo‘q yoki yengil o‘tayotgan bo‘lsa, masalan aksirmayotgan, yo‘talmayotgan, nafasi qisilmayotgan, ta’m va hid sezgilari yo‘qolmagan, tana harorati ko‘tarilmagan bo‘lsa, 5 iyuldan boshlab shu toifadagi bemorlarga uyda davolanishga ruxsat beriladi.

Bu, albatta, ichki ishlar va Milliy gvardiya tomonidan ularning uyda qolishi ta’minlangan holda tashkil etiladi.

Oilaviy poliklinikasidan har kuni ertalab telefon orqali muloqotda bo‘lib turiladi. Tana harorating ko‘tarilmadimi, yo‘talmadingmi, deb xabar olib turiladi.

Bemor talablarga rioya qilsagina, uyda qolishi mumkin. Agar kasalligini bila turib, ko‘chaga chiqsa, unga nisbatan javobgarlik belgilangan.

Uyda davolanayotgan bemordan 10 kundan keyin test olinadi va agar manfiy natija olinsa, uni hisobdan chiqarish mumkin bo‘ladi.

Uyda davolanayotgan bemorlarga immunitetni ko‘taradigan dorilar beriladi. Bu dorilar hamma joyda bor.

Agar bemor telefon orqali muloqotda: «Menda yo‘tal paydo bo‘ldi, kechqurun biroz haroratim ko‘tarildi», desa, u albatta, stasionarga olib ketiladi.

Koronavirus aniqlangan bemorning yoshi 65 dan oshgan bo‘lsa, yo ortiqcha vazni bo‘lsa, yoxud qandli diabet, metabolik sindrom, gipertoniya kabi yondosh kasalliklari bo‘lsa, ular simptomlar bor-yo‘qligidan qat’i nazar faqat stasionar sharoitda davolanadi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!