USAID O‘zbekistonda 25 mln dollarlik “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirdi

USAID O‘zbekistonda 25 mln dollarlik “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirdi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda besh yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, USAID’ning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi inklyuziv ta’lim bilan bog‘liq uchta muhim yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlaydi: inklyuziv ta’lim uchun qulay o‘quv-metodik materiallar, o‘qituvchilar uchun amaliyot va maktab muhitini yaratish, shu bilan birga asosiy manfaatdor tomonlar, ya’ni o‘qituvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda ishlab chiqilgan barqaror siyosatni rivojlantirish. 

USAID besh yil davomida “Barcha bolalar muvaffaqiyati” loyihasiga 25 million dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Loyiha Creative Associates International hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari, AQShning Sirakuz universiteti qoshidagi nogironlik va inklyuziya markazi, Prahis Plus va “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 

Barcha bolalar muvaffaqiyati” loyihasi rahbari Keyt Lephemga ko‘ra, loyiha dastlab Namangan va Sirdaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi. Har bir pilot hududdan 3 tadan bog‘cha va 3 tadan maktab tanlab olinadi.

Shuningdek, loyihaning ishga tushirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir yakunida Creative Associates International, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirliklari tomonidan sifatli inklyuziv ta’limni tashkil etish va O‘zbekistondagi barcha bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida hamkorlikda ish olib borish nazarda tutilgan Hamkorlik kelishuvi imzolangan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!