Urgutdagi yong‘inda bir oilaning 5 a’zosi halok bo‘ldi

Urgutdagi yong‘inda bir oilaning 5 a’zosi halok bo‘ldi

2019 yilning 22 fevral kuni 02:01 da Samarqand viloyati Urgut tumani Do‘stlik mahallasi Yangiariq ko‘chasidagi 89-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Urgut tumani Yong‘in xavfsizligi bo‘limining dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan, deb yozadi Zarnews.

Voqea joyiga zudlikda oltita asosiy va bitta maxsus yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yong‘in joyiga 02:09 da yetib borgan vaqtda uy ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 02:22 da qurshab olinib, 03:48 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida 89-uyning 150 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda qo‘shni 102-uyning 15 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘inni bartaraf etish jarayonida 89-uy egasi 1954 yilda tug‘ilgan Z.U., rafiqasi 1956- yilda tug‘ilgan M.R., qizi 1992 yilda tug‘ilgan Z.U., nabiralari 2011 yilda tug‘ilgan X.M. va 2013 yilda tug‘ilgan N.M. yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan qutqarilgan. Shulardan, 2013 yilda tug‘ilgan N.M. kuyish tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga olib ketilgan, ahvoli qoniqarli.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida 89-uy egasining farzandlari 1980 yilda tug‘ilgan X.U., 1986 yilda tug‘ilgan O.U., kelini 1993 yilda tug‘ilgan SH.E., nabiralari 2013 yilda tug‘ilgan SH.Z. va 2018 yilda tug‘ilgan SH.Z.ning kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!