Urgut tumanidagi homilador ayolning o‘limi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Urgut tumanidagi homilador ayolning o‘limi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Avvalroq Samarqand viloyati Urgut tumanida homilador ayol vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lumot berdi, deb yozadi Zarnews.

Qayd etilishicha, 1998 yilda Urgut tuman Jartepa mahallasida tug‘ilgan S.E. 2019 yil 4 yanvarda «Homiladorlik I 12-13 haftalik» tashxisi bilan Urgut tuman 1-son markaziy shifoxonasi poliklinikasida hisobga olingan. Ayol oilasi bilan Samarqand shahrida yashashi, Samarqand davlat chet tillar institutida o‘qishi sababli homiladorlik individual kartasini 2019 yil 16 fevralda Samarqand shahar 2-son oilaviy poliklinikasiga olib ketgan.

Homilador ayol joriy yilning 2 iyul kuni soat 12:00 da Urgut tuman 1-son shifoxonasi tug‘uruq bo‘limiga qabul qilingan. Vrachlar ko‘rigidan so‘ng unga «Homiladorlik I 40 hafta. Tug‘ruq I. Tug‘ruqning I davri. Bosh-chanoq nomutanosibligi. Homilaning noaniq holati. Anemiya o‘rta og‘ir darajasi. HbsAg manfiyligi» tashxisi qo‘yilgan va tug‘uruq kesar-kesish orqali olib borilgan.

Tug‘uruqdan keyingi davr yaxshi kechgan, ammo 6-7-sutkada ayolda tana haroratining ko‘tarilishi, qorin dam bo‘lishi kuzatilgan. 10 iyul kuni malakali xirurglar tomonidan ko‘rilib, qayta operasiya qilingan. Ayolda operasiyadan keyin arterial qon bosimi tushgan, poliorgan yetishmovchiligi kuzatilgan. Malakali mutaxassislar ko‘rigi va o‘tkazilgan muolajalarga qaramay, 14 iyul kuni soat 21:30 da biologik o‘lim qayd qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!