O‘quvchilarga har bir namoz uchun ball beriladi

O‘quvchilarga har bir namoz uchun ball beriladi

Turkiya prezidenti Erdog‘anning “dindor nasl” deya bot-bot takrorlagan talabi davlat tashkilotlarini harakatga keltirdi.  Diyonat Ishlari Boshqonligi qishki ta’tilni fursat bilib, “namoz” loyihasiga start berdi.  Bu loyihaga qo‘shilgan o‘quvchilarga har masjidda qilingan namoz uchun “puan” – ball berilishi e’lon qilindi.  

Diyonat Ishlari Boshqonligi tasabbusi bilan boshlangan “Masjidga yuguramiz, namozda ko‘rishamiz” nomli loyihaga ko‘ra, machitlarga namozga kelgan o‘quvchilarga ball berilishi ochiqlandi.  Bugun boshlagan loyihaning 1 fevralgacha davon etishi aytildi.  Loyihaga ko‘ra, talabalarga beriladigan balllar miqdori quyidagicha belgilandi:  

Bomdod namozi uchun – 30 ball; 

Peshin namozi uchun – 15 ball; 

Asr namozi uchun – 15 ball; 

Shom namozi uchun – 5 ball; 

Xufton namozi uchun – 25 ball; 

Yodlangan har bir sura va duo uchun – 50 ball; 

Birga olib kelingan har bir o‘rtog‘i yoki yaqini uchun – 5 ball. 

E’lon qilingan xabarga ko‘ra, 18 yanvarda boshlagan ushbu dastur 1 fevralda yakuniga yetadi va bolalarga qayd etilgan machitlarda mukofotlar topshiriladi. 

Masjid – ta’lim markazi

Yuqoridagi loyihaga aloqador Kuchukchekmacha tumani Muftiyligining Qaymoqomlikka yozgan maktubida quyidagi jumlalar o‘rin oldi: 

“Boshqonligimiz tarafidan machitlarning bir ibodat maskani bo‘lishi bilan birgalikda ayni vaqtda ta’lim-tarbiya va ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy faoliyatlarning ham markazi o‘laroq qo‘llanilishini ta’minlamoq maqsadida bir qancha xizmatlar amalga oshirilmoqda.  Bu borada 18. 01. 2020-01. 02. 2020 (yarim yili ta’tili) tarixlari orasida bolalarning masjidda namoz o‘qishga rag‘batini oshirish maqsadida o‘lkamizning hamma joyida Diyonat Ishlari Boshqonligining ta’limotı va Istanbul Muftiyligining ko‘rsatmasiga ko‘ra,  butun machitlarda “Masjidni sevamiz,  namozda ko‘rishamiz” mavzusida bir loyiha o‘tkazish rejalandi”.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!