Universitetning tovlamachi «zamdekan»i ushlandi
Xuquq tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Andijon davlat universitetining sirtqi bo‘limi dekan o‘rinbosari K.U talabadan tovlamachilik yo‘li bilan 150 AQSh dollari va 1,3 mln so‘m olayotganda jinoyat ustida qo‘lga olingan.
U universitetda taxsil olayotgan 9 nafar talabaning yozgi yakuniy imtixonlarini va kursdan kursga ko‘chish uchun xujjatlarini o‘qituvchilar orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Xozirda viloyat K.U ga nisbatan IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)