"Ular xudosiz bo‘lgani uchun o‘lgan"

"Ular xudosiz bo‘lgani uchun o‘lgan"

Rus pravoslav cherkovining mitropoliti (shahar noibi) urush yillari sovet askarlari xudosiz bo‘lgani uchun halok bo‘lganini aytgan. Bu haqda "Belgorod№1” Telegram-kanali xabar berdi.

Belgorod mitropoliyasi rahbari, Belgorod va Starooskol mitropoliti Ioanning iddaosiga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushining dastlabki oylarida «xudosizlik davri»da tug‘ilgan qizil askarlarning 60 foizi qurbon bo‘lgan.

«Ular yoshligida cho‘qintirilmagani, xudosiz bo‘lgani uchun halok bo‘lishgan», – degan Ioann.

Mitropolitning fikricha, bu qiyosi yo‘q qurbonlikdir, ammo shu bilan birga xudosizlik uchun jazo hamdir. Ioanning aytishicha, urushning keyingi yillarida aksarlar cho‘qinib, xristian bo‘lgan va mana shular urushda g‘alaba qozongan.

Rohibning bu gaplari ijtimoiy tarmoqlarni junbushga keltirdi.

Mitropolit Ioann avvallari ham shu kabi fikrlarni bildirgan. Yeparxiyada "Kommersant" nashriga ma’lum qilishlaricha, "mitropolitning fikri aniq-tiniq va oldinlari ham tarixchilar, muzey direktorlari va viloyat rahbariyati orasida qo‘llab-quvvatlangan, deydi "minbar.uz".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!