Ukrainada karantin 31 avgustgacha uzaytirildi

Ukrainada karantin 31 avgustgacha uzaytirildi

Koronavirus tarqalishi ko‘paygani sabab Ukraina karantin cheklovlarini 31 avgustgacha uzaytirdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Denis Shmigal kecha o‘tkazilgan hukumat majlisida ma’lum qildi.

Oxirgi bir necha kunda koronavirus infeksiyasi tarqalishining yangi holatlari soni kuniga 800 nafar kishidan oshib ketdi. Hozirgacha Ukrainada koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 60 995 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 1534 kishi vafot etgan.

Iyun oyidan boshlab mamlakat hukumati hududiy rahbarlarga vaziyatga qarab karantin cheklovlarini yumshatish yoki keskinlashtirish bo‘yicha mustaqil qaror chiqarish huquqini bergan. Unga ko‘ra, turli mintaqalar o‘z hududidagi bolalar bog‘chalari, kinoteatrlar, sport inshootlari, bozorlar, plyajlar, sanatoriylarning ishlash yoki ishlamasligini hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.

Mamlakat bo‘ylab 1,5 metr oraliq masofani saqlash, jamoat joylarida niqob taqish majburiy. Shuningdek, kasallik yuqori darajada tarqalgan mamlakatlardan kelganlar ikki haftalik karantinda o‘tirishi yoki koronavirus testidan o‘tishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada ilk karantin cheklovlari mart oyida joriy etilgan edi. Koronavirus tarqalishi biroz sekinlashgandan so‘ng may-iyun oylarida karantin yumshatilgan va cheklovlar 31 iyul kuni tugashi kerak edi. Biroq karantin cheklovlari yumshatilgach, mamlakatda koronavirus tarqalishi yana keskin o‘sa boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!