Ukraina TIV: "Lukashenko — Belarusning qonuniy prezidenti emas"

Ukraina TIV: "Lukashenko — Belarusning qonuniy prezidenti emas"

Aleksandr Lukashenkoning inaugurasiyasi uning Belarusning qonuniy prezidenti sifatida tan olinishini anglatmaydi, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba. 

«Ushbu «inaugurasiya» bo‘lib o‘tganidan keyin men tegishli izohni berdim. Tashqi ishlar vaziri gapirganda, uni qayerda aytishi muhim yemas — yo efirda, yoki tvitterda, yoki Tashqi ishlar vazirligining veb-saytida, bu Ukraina davlatining rasmiy pozisiyasi», — deya Kuleba ijtimoiy tarmoqdagi postini tushuntirdi.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina va Belarus bir necha ming kilometrlik umumiy chegaralarga ega bo‘lsa-da, qo‘shni davlatning Rossiya bilan hamkorligini kuchaytirishi rahbariyatni Lukashenkoga qarshi bo‘lgan muxolifat tomoniga o‘tishga majbur qildi. «Biz ishonamizki, davlat o‘ziga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lmagan hukumatni qo‘llab-quvvatlamaydi. Belarus hukumati inson huquqlarini muntazam ravishda buzmoqda va biz chinakam do‘st — Belarus xalqi tarafida bo‘lishimiz kerak.  Ukraina buni juda aniq ifoda etdi — biz Belarus xalqi tomonidamiz. Biz xavf-xatarlardan xabardormiz, lekin ba’zida prinsiplarni ko‘rsatishingizga to‘g‘ri keladi", dedi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!