Ukraina razvedkasi Rossiya banklariga dahshatli kiberhujum uyushtirdi

Ukraina razvedkasi Rossiya banklariga dahshatli kiberhujum uyushtirdi

Rossiyaning yirik banklari, uyali aloqa operatorlari, shuningdek, bir qator boshqa xizmatlar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) tomonidan uyushtirilgan kiberhujumga uchradi. Bu haqda Hromadske razvedka xizmatidagi manbaga tayanib yozdi.

Manbaga ko‘ra, «operasiya» 3 kun oldin boshlangan va hamon davom etmoqda. Rossiyaning bir qator moliyaviy institutlari, jumladan «Alfa Bank», «SberBank», «Rayffayzen bank», VTB, «Gazprombank» va «T-Bank» hujumga uchragan.

Rossiya ommaviy axborot vositalari 24 iyul kuni ertalab banklar ishidagi uzilishlarga e’tibor qaratdi. VTB matbuot xizmatining «Interfaks»ga ma’lum qilishicha, bank chet eldan DDoS-hujumiga uchragan.

Hromadske manbasiga ko‘ra, operasiya doirasida «Sistema bistrix platejey» (SBP) va «Nasionalnaya sistema platejnix kart» (NSPK) ham kiberhujumlarga uchragan. «Ukrainska pravda» nashrining Bosh razvedka boshqarmasidagi manbasi avvalroq ukrainalik mutaxassislar Rossiya to‘lov tizimlari faoliyatiga «to‘sqinlik qilish yoki ishdan chiqarishga» muvaffaq bo‘lganini da’vo qilgan edi.

Bundan tashqari, bir qancha aloqa operatorlari, jumladan, «Bilayn», «Megafon», «MTS», «Tele2», shuningdek, turli xizmatlar, jumladan, VKontakte ijtimoiy tarmog‘i va Discord messenjeri kiberhujumlarga uchragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!