Prezident o‘g‘it tannarxini 15 foizga kamaytirishni buyurdi

Prezident o‘g‘it tannarxini 15 foizga kamaytirishni buyurdi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yer va suv resurslari cheklangan sharoitda qishloq xo‘jaligi mas’ullari joriy yilda mutlaqo yangicha ishlashi zarurligi qayd etildi.

Lekin, tannarxni kamaytirish, yuqori hosil beradigan urug‘ va ko‘chatlarni yetkazib berish, sanoat muhitini olib kirish bo‘yicha ayrim mutasaddilar va hokimlar yetarlicha ishlamayotgani tanqid qilindi.

Joriy yilda tumanlarga hosildor urug‘larni yetkazib, dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga o‘qitib, paxta va g‘allada hosildorlikni yanada oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, o‘g‘it tannarxni 15 foizga kamaytirib, qishloq xo‘jaligini 900 ming tonna mineral o‘g‘it bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!