UYEFA 2026 va 2027 yilgi Yevrokuboklar finali o‘tkaziladigan stadionlar nomini e’lon qildi

UYEFA 2026 va 2027 yilgi Yevrokuboklar finali o‘tkaziladigan stadionlar nomini e’lon qildi

UYEFA tashkiloti yaqin yillardagi Yevrokuboklar finallari bo‘lib o‘tadigan shaharlarni e’lon qildi.

2025/26 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapeshtdagi “Pushkash Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi. 2027 yilgi final borasidagi yakuniy qaror esa sentyabr oyigacha qabul qilinadi. UYEFA “San-Siro” stadioni qayta ta’mirlanish rejalari bo‘yicha ma’lumotlarni kutmoqda.

2026 yilgi Yevropa Ligasi finali esa Istanbulda, “Beshiktosh” stadionida o‘tkaziladi. 2027 yilgi hal qiluvchi bahsga Frankfurt mezbonlik qiladi.

Konferensiyalar Ligasi 2025/26 yilgi mavsumiga “Red Bull Arena Leypsig” mezbonlik qilsa, 2027 yilgi final yana Istanbulda, aynan “Beshiktosh” stadionida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Chempionlar Ligasi finaliga Londonning “Uembli” stadio mezbonlik qilmoqda. Yevropa Ligasi finali Dublindagi “Dublin Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi. Konferensiyalar Ligasining hal qiluvchi o‘yini esa Afinadagi “Aya Sofiya” arenasida o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!