To‘yib uxlamaslik ayollar uchun xavfli

To‘yib uxlamaslik ayollar uchun xavfli

To‘yib uxlamaslikning zarari haqida hozir hamma biladi, biroq u, ayniqsa, ayollar uchun xavfli ekani ham aniqlandi.

Bu borada tadqiqot olib borgan mutaxassislar turli yoshdagi ayollar va erkaklardan iborat ikki yuz kishilik guruhning holatini batafsil tahlil qildi. Bundan oldin ushbu ko‘ngillilarning hech biri jiddiy muammolarga ega bo‘lmagan va salomatligidan shikoyat qilmagan ekan. Tajriba davomida muntazam ravishda to‘yib uxlamagan va shu bilan bog‘liq muammolarga ega bo‘lgan ayollar boshqalarga qaraganda yurak-qon tomir kasalliklariga ko‘proq chalingani aniqlandi.

Amerikalik olimlarning qayd etishicha, uyqu yetishmovchiligida erkaklar organizmi chidamliroq bo‘lib, muammolarni his qilmas ekan, deydi "zarnews.uz".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!