Turkmanistonning Fransiyadagi elchisi o‘z qiziga nisbatan zo‘ravonlikda ayblanmoqda

Turkmanistonning Fransiyadagi elchisi o‘z qiziga nisbatan zo‘ravonlikda ayblanmoqda

Turkmanistonning Fransiyadagi elchisi rafiqasi va qiziga nisbatan zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda. Le Parisien  nashrining  yozishicha,  uning  daxlsizlik huquqi  tufayli hech qanday tergov o‘tkazilmagan.

Aytilishicha, voqea 12 may, chorshanba kuni Parijning 16-okrugida bo‘lib o‘tgan, ammo elchining maxsus maqomi tufayli natija noaniq bo‘lib qolmoqda.

Polisiyadagi manbaga ko‘ra, Turkmanistonning Fransiyadagi elchisining rafiqasi soat 17:30 atrofida 46 yoshli eri unga  va  19  yoshli  qiziga nisbatan  zo‘ravonlik qilganini aytib, polisiyaga murojaat qilgan. Polisiya kelganida esa elchi uyda bo‘lmagan.

Diplomatik maqom tufayli uning rafiqasining murojaatlari doirasida elchiga nisbatan hech qanday choralar ko‘rilmadi.

Uning xotini va qizi xavfsizlik maqsadida mehmonxonaga ko‘chirilgan.

Le Parisien gumondorning ismini aytmadi, ammo ma’lumki, Shohrat Jumayev Turkmanistonning Fransiyadagi elchisi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!