Turkiyada ukrainalik model qizni do‘pposlashdi (FOTO)

Turkiyada ukrainalik model qizni do‘pposlashdi (FOTO)

Taniqli ukrainalik model Daria Kirilyuk Turkiyadagi hujum qurboni bo‘ldi, deb yozadi Gedje axborot nashri 4 avgust, seshanba kuni.

Modelning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan xabariga ko‘ra, u va uning do‘stlari Turkiyaning Cheshme shahridagi Momo Beach tungi klubida xavfsizlik xodimlari tomonidan hujumga uchragan.

Turkiyada ukrainalik model qizni do‘pposlashdi (FOTO)

«Men bo‘lib o‘tgan voqealar to‘g‘risida jim turishni xohlamayman. Bizga shafqatsiz hujum qilishdi. To‘rtta qiz, shu jumladan, mening ham yuzimga qattiq zarba berishdi. Biz bilan birga bo‘lgan yigitlar jiddiy jarohat olishdi. Allaqachon polisiya bilan bog‘lanib, bo‘lgan voqeani videotasvirga olganmiz”, — deb yozdi Dariya instagramdagi sahifasida.

Ayni paytda, polisiya voqea yuzasidan tergov o‘tkazmoqda.

Klub egasi Burak Besher vaziyat to‘liq aniqlanmaguncha izohdan bosh tortdi, ammo uning tashkiloti turli xil qoidabuzarliklar uchun yetti marta jarimaga tortilganini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!