Turkiyada polisiya xodimlarini olib ketayotgan mikroavtobusning halokatga uchrashi oqibatida 10 dan ortiq odam jabrlandi

Turkiyada polisiya xodimlarini olib ketayotgan mikroavtobusning halokatga uchrashi oqibatida 10 dan ortiq odam jabrlandi

Turkiyaning Eskishehir shahrida polisiya xodimlarini olib ketayotgan mikroavtobus ishtirokidagi YTHda 14 kishi jabrlandi.

Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.

Hodisa Afyonkarahisar-Eskishehir trassasida sodir bo‘lgan. Mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, natijada transport vositasi yo‘ldan chiqib ketgan va to‘siqqa borib urilgan.

Hodisada 14 kishi turli darajada tan jarohati olib, Eskishehir Osmangazi universiteti kasalxonasiga yotqizildi.

Voqea holatlari aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!