Turkiyada 15 nafar xorijlik sayyohni olib ketayotgan mikroavtobus ag‘darilib ketdi

Turkiyada 15 nafar xorijlik sayyohni olib ketayotgan mikroavtobus ag‘darilib ketdi

Turkiyaning Nevshehir viloyatida 18 kishilik sayyohlik guruhini olib ketayotgan mikroavtobus halokatga uchradi . Bu haqda IHA agentligi xabar berdi .

«Mikroavtobus Nevsehir viloyatining Acigel shahri yaqinida yomg‘irli trassada haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygani sababli ag‘darilib ketdi», — deyiladi xabarda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sayyohlar Kapadokiya safaridan so‘ng Antaliyaga qaytayotgan edi. Hodisa oqibatida 15 nafar xorijlik sayyoh, ikki haydovchi va bir gid jabrlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!