Superkompyuter Yevro—2024 g‘olibligiga asosiy nomzodni aniqladi

Superkompyuter Yevro—2024 g‘olibligiga asosiy nomzodni aniqladi

Opta talqiniga ko‘ra Yevro—2024 favoritlari Ispaniya va Fransiya terma jamoalari bo‘lib turibdi.

Opta superkompyuteri Luis de la Fuente va Didye Desham jamoalarining turnirda g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini 30 foizdan baholadi. Shuningdek, Ispaniya yarim finalda raqibiga nisbatan kichik ustunlika ega bo‘lib turibdi — 51 ga 49%.

Angliyaning imkoniyati 23%, Niderlandiyaniki esa 17%. Inglizlar esa qarama-qarshilikda ham ustunlikka ega — 53 foizga 47%.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi 10 iyul kuni, Angliya—Niderlandiya bahsi esa 11 iyul kuniga belgilangan.

Hal qiluvchi bahs esa 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Turnir finali Berlindagi Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!