Erdo‘g‘an: Tabrizda u turkiy tilda gapiradi, lekin kurd hududlariga kelganda u yerda kurdcha gapira oladi. Fors tilini ham yaxshi biladi

Erdo‘g‘an: Tabrizda u turkiy tilda gapiradi, lekin kurd hududlariga kelganda u yerda kurdcha gapira oladi. Fors tilini ham yaxshi biladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Eronda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari va Masud Pezeshkianning g‘alabasidan so‘ng Eron bilan munosabatlarning ijobiy va intensiv rivojlanishini kutmoqda.

«Masud Pezeshkian aslida ozarbayjonlik turk. Tabrizda u turkiy tilda gapiradi, lekin kurd hududlariga kelganda u yerda kurdcha gapira oladi. Fors tilini ham yaxshi biladi. Men u bilan bog‘lanib, tabriklayman. Umid qilamizki, Turkiya va Eron o‘rtasidagi munosabatlar kelajakda yaxshilanadi. Qolaversa, Eron Turkiya bilan mintaqada eng yaxshi aloqalarga ega davlatdir. Eron ham tarixiy va madaniy aloqalarimiz bo‘lgan muhim qo‘shnidir. Men yangi davrda Turkiya va Eron o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar ijobiy va tez sur’atlar bilan rivojlanishini kutaman», — deydi Erdo‘g‘an.

5 iyul kuni Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Islohotchilar qanotidan nomzod, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Masud Pezeshkian 53,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!