Voronejda favqulodda holat joriy etildi

Voronejda favqulodda holat joriy etildi

Rossiyaning Voronej viloyatidagi Podgorenskiy tumani aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlariga qarashli uchuvchisiz uchoq hujumidan keyin favqulodda holat joriy etildi.

Viloyat gubernatori Aleksandr Gusevga ko‘ra, dron hujumi 7 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida omborxonada yong‘in yuz bergan.

“Tunda Ukraina droni bilan hodisa yuz bergan Podgorenskiy tumani qishlog‘i chegaralarida favqulodda holat joriy etildi. Portlovchi ob’ektlarni portlatish davom etmoqda. Portlashlardan biri oqibatida turar-joy binosining yordamchi binosi yonib ketdi. Yong‘in allaqachon o‘chirilgan. Qurbonlar yo‘q”, deb yozadi viloyat rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!