Lavrovga «fransuz demokratiyasi» yoqmaydi

Lavrovga «fransuz demokratiyasi» yoqmaydi

Fransiyadagi parlament saylovlari jarayoni «demokratiyaga unchalik o‘xshamaydi»; ikkinchi tur «saylovchilar irodasini manipulyasiya qilish uchun mo‘ljallangan». Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi.

«Mana, boshqa demokratiyani oling - Fransiya. Parlament saylovlarining birinchi turi bo‘lib o‘tdi va ular ikki turdan iborat. Bundan tashqari, ikkinchi tur, aftidan, birinchi tur davomida saylovchilarning xohish-irodasini boshqarish uchun mo‘ljallangan edi... Bu demokratiyaga unchalik o‘xshamaydi», - deydi Lavrov.

«...Agar birinchi raund natijasi parlamentni shakllantirish uchun asos sifatida qo‘llanilsa, Fransiyada juda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lardi», deb qo‘shimcha qildi rossiyalik vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!