Qozog‘iston hijob va niqob kiyishni ham taqiqlashi mumkin

Qozog‘iston hijob va niqob kiyishni ham taqiqlashi mumkin

Qozog‘iston parlamenti deputati Ermurat Bapi bir necha oy ichida jamoat joylarida an’anaviy islom kiyimlarini, birinchi navbatda, faqat ko‘zni ochiq qoldiradigan niqab kiyishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqish kerakligini aytdi.

Oxirgi yillarda Qozog‘iston rasmiylari bu kiyimni qozoq urf-odatlariga yot, islom dinining buzg‘unchi oqimlari bilan bog‘lab, unga qarshi chiqdi, deb yozadi Orda.kz. Ayni paytda ular qanday kiyimni taqiqlashni xohlashlari hozircha aniq emas, chunki hijob, butun yuzni ochiq qoldiradigan ro‘mol va niqob yoki burqa o‘rtasida katta farq bor.

Taqiqlash ehtimoli munozaralarga sabab bo‘lgan va davom etmoqda. Jamiyatga o‘z qadriyatlarini singdiruvchi buzg‘unchi va ekstremistik oqimlarga qarshi chora ko‘rish zarur, deydi tarafdorlar. Muxoliflar diniy urf-odatlarni taqiqlash juda ehtiyotkorlik bilan joriy etilishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston rasmiylari yaqinda bunday kiyimni mamlakat an’analari va madaniyatiga mos kelmasligini e’tirof etib, taqiqlagan edi. Derbent va Maxachqal’adagi teraktlardan so‘ng Dog‘iston muftiyati niqab kiyishni taqiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!