Nepaldagi ko‘chki oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Nepaldagi ko‘chki oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Oxirgi 36 soat ichida Nepalda yomg‘irlar ko‘chki va suv toshqinlarini keltirib chiqardi, kamida 11 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda «Reuters»ga tayanib, «Report» xabar bermoqda.

Bundan tashqari, 12 kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Ma’lum qilinishicha, yana 8 kishi bedarak yo‘qolgan.

Yomon ob-havo tufayli yirik magistrallar ham yopilgan, daryolarda suv sathi keskin ko‘tarilgan, aholi sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Nepalda kuchli musson yomg‘irlari 10 iyun kuni boshlangan edi. Bu davrda tabiiy ofatlar bilan bog‘liq jami 147 ta hodisa qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!