G‘azoda jami 38,1 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

G‘azoda jami 38,1 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

2023 yil oktabr oyidan beri G‘azoda isroillik harbiylar tomonidan 38,1 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi shunday ma’lumotlarni o‘zining Telegram kanalida e’lon qildi.

«Isroilning G‘azodagi agressiyasi qurbonlari soni 38 153 kishiga yetdi, yana 87 828 kishi jarohat oldi», deyiladi departament hisobotida. Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, «so‘nggi 24 soat ichida Isroil kuchlarining G‘azoning turli hududlarini o‘qqa tutishi va havo hujumlari natijasida 55 falastinlik halok bo‘ldi, yana 123 nafari yaralandi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!