Xitoy va Belarus harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Xitoy va Belarus harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Xitoy harbiylari qo‘shma mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Belarusga yetib keldi. Mashqlar 8 iyuldan 19 iyulgacha o‘tkaziladi. Sinxua agentligining xabar berishicha, aksilterror operasiyalari va garovga olinganlarni qutqarish mashg‘ulotlarning asosiy qismi bo‘ladi.

«Qo‘shma mashg‘ulotlar tajriba almashish, Belarus va Xitoy bo‘linmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yaxshilash imkonini beradi hamda qo‘shinlarni birgalikda tayyorlash sohasida Belarus-Xitoy munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun asos yaratadi», — deya Belarus vazirligi bayonotidan iqtibos keltiradi Bild.

Belorussiyaga aniq qancha xitoylik qo‘shin yetib kelgani noma’lum, ammo fotosuratlarga ko‘ra, ular katta transport samolyoti bilan yetkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!