Turkiya prokurori O‘zbekiston fuqarosi uchun 40 ta umrbod qamoq jazosini talab qildi

Turkiya prokurori O‘zbekiston fuqarosi uchun 40 ta umrbod qamoq jazosini talab qildi

Turkiya prokurori O‘zbekiston fuqarosi Abduqodir Masharipov uchun 40 ta umrbod qamoq jazosini talab qildi. Masharipov 2017 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi Istambuldagi Reyna tungi klubida terakt sodir etganlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi Podrobno.uz muxbiri.

Masharipov ishi bo‘yicha sud o‘z nihoyasiga yetmoqda. 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan o‘n to‘rtinchi yig‘ilishda Turkiya prokurori aybdorlar uchun zarur bo‘lgan jazo shartlarini e’lon qildi.

Terrorchilik harakatidagi asosiy gumonlanuvchi A. Masharipov uchun 40 ta umrbod qamoq jazosidan tashqari, prokuror yordam berishda va ko‘maklashda ayblangan ikkinchi gumondor Ilyos Mamasharipovni 632 yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qilmoqda.

Prokuror Masharipovning ikkala xotini, Zarina Masharipova va Traor Tenelarga tegishlicha 7,5 va 15 yillik qamoq jazolarini tayinlashga urinmoqda.

Ushbu ish bo‘yicha prokuror suddan hibsga olingan qolgan 11 gumondorni jinoyatda ishtirok etganliklari yoki ayblarini qisman asoslanganligi to‘g‘risida dalillar yo‘qligi sababli oqlashni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yil arafasida 2017 yil 1 yanvar kuni qurollangan odam Reyna tungi klubiga tashrif buyurganlarga hujum qildi. 39 kishi, jumladan olti chet el fuqarosi halok bo‘ldi, 69 kishi jarohatlandi. Shu bilan birga, Abduqodir Masharipov, guvohlarning ko‘rsatmalariga qaramay, o‘z aybini rad etadi. Masharipovni ko‘rsatmasiga ko‘ra, u tasodifan tungi klubning yonida bo‘lgan.

Barcha ayblanuvchilarga so‘nggi hukm 23 mart kuni e’lon qilinadi, deya xabar beradi Turkiya OAV.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!