Turkiya iqtisodiy inqiroz yoqasida: turk lirasi qadrsizlanmoqda

Turkiya iqtisodiy inqiroz yoqasida: turk lirasi qadrsizlanmoqda

So‘nggi kunlarda turk lirasi keskin qadrsizlanayotganiga qaramay, turkiyaliklar ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlayapti.

Tvitterda kechadan beri DevletiminYanindayim (“Davlatimni qo‘llab-quvvatlayman”) xeshtegi ostida tvitlar tarqalmoqda. Yarim kun ichida 900 mingdan ziyod foydalanuvchi ana shunday tvitlar yozgan. AKPistifa, ya’ni Erdog‘an boshchiligidagi Adolat va taraqqiyot partiyasi iste’fosi talabi bilan tarqalgan xeshteg ostidagi tvitlar soni esa 6,5 mingga yaqinlashdi, xolos.

Kecha, 23 noyabr kuni Turkiyaning bir qator shaharlari, xususan, Istanbul va Anqarada liraning qardsizlanishi munosabati bilan aksilhukumat namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda siyosiy muxolifat amaldagi hukumat iqtisodiy muammolarni hal eta olmasligini ta’kidlab, prezident va parlament saylovlarini muddatidan oldin o‘tkazishni taklif qilyapti.

Erdog‘an esa saylovni muddatidan oldin o‘tkazish haqidagi fikrga qo‘shilmayapti. Uning ta’kidlashicha, saylov o‘z vaqtida – 2023 yilda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!