Turar-joy binosida yong‘in: 3 kishi qurbon bo‘ldi

Turar-joy binosida yong‘in: 3 kishi qurbon bo‘ldi

Uch kishi Samaradagi turar-joy binosidagi yong‘in qurboniga aylandi, deb xabar beradi “TASS”.

Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi manbaning agentlikka ma’lum qilishicha, yong‘in seshanba kuni ertalab sodir bo‘lgan.

Yong‘in 30 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. To‘rt kishi evakuasiya qilindi, yong‘in qurbonlari — 1962 yilda tug‘ilgan ayol, 1932 yilda tug‘ilgan ayol va 1984 yilda tug‘ilgan erkak.

Yong‘inni o‘chirishga 17 kishi va oltita texnika jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!