Tug‘ilgan kunini dabdabali nishonlagan rahbar ishdan haydaldi

Tug‘ilgan kunini dabdabali nishonlagan rahbar ishdan haydaldi

Tojikistonning Panjikent shahri, Xurmi jamoati rahbari Ahmadullo Ibrohimov o‘z uyidagi tug‘ilgan kuniga ko‘plab mehmonlarni taklif etgani uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqda respublika Bosh prokuraturasi xabar qildi.

Tojikistonning Panjikent shahri, Xurmi jamoati rahbari Ahmadullo Ibrohimov 20 mart kuni o‘z uyidagi tug‘ilgan kuniga ko‘plab mehmonlarni taklif etdi. Mehmonlar uchun ikkita ziyofat tashkil qilindi , - deyilgan xabarda.

Tavallud kunda mehmon sifatida soliq xizmati, xarbiy komissariat vakillari hamda boshqa amaldorlar qatnashgan.

Panjikent shahri meri prokuror ko‘rsatmasiga asosan Ahmadullo Ibrohimovni ishdan bo‘shatgan.

Tojikistonda 2007 yilda An’analar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida qonun kuchga kirgandi. Qonunda nazarda tutilgan yuqori jarimalarga qaramasdan ko‘plab fuqarolar dabdabali tadbirlarni o‘tkazishni davom etishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!